Testbor

Bozor munosabatlari — bu savdo-sotiq jarayonida odamlar orasidagi aloqalar. Masalan, do‘konga borib meva yoki shakar sotib olish — bu bozor munosabatlari hisoblanadi.

Bozor munosabatlarida uchta asosiy tushuncha mavjud:

  • Narx (biror narsaning bahosi),
  • Miqdor (nechta yoki necha kilogramm olish),
  • Qiymat (jami to‘lov miqdori).

Qiymat — bu biz sotib olgan mahsulot uchun to‘lagan pul miqdori.

Qiymatni topish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: Qiymat=narx·miqdor

Masalan1 ta kitobning narxi 10000 so'm bo'lsa, 5 ta xuddi shunday kitobning narxi 5·10000=50000 so'm bo'ladi.

Narx - bitta narsa uchun to'lanadigan pul miqdori.

Masalan5 ta shokoladning narxi 25000 so'm bo'lsa, 1 ta shokoladning narxi 25000:5=5000 so'm bo'ladi.

Miqdor — bu biz sotib olgan mahsulotning soni yoki og‘irligi.

Agar qiymat va narx berilgan bo‘lsa, miqdorni topish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:  Miqdor=qiymat:narx

Masalan1 ta ruchkaning narxi 2000 so'm bo'lsa, 10000 so'mga 10000:2000=5 ta ruchka sotib olish mumkin.

Bu mavzuni bilish orqali biz:

  • Savdo-sotiqda qanday hisob-kitob qilinishini tushunamiz.
  • Hayotda kundalik savdo muammolarini osongina hal qilishni o‘rganamiz.
  • Matematik masalalarni tez va aniq yechishni o‘rganamiz.

Bozor munosabatlari — bu hayotimizning bir qismi!